
«Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele kelasi hafta boshida «PSJ»ga o'tishi mumkin, deya xabar beradi Lequipe jurnalistlari.
Manbaga ko'ra, klublar ehtimoliy transferning barcha tafsilotlari bo'yicha deyarli kelishib olishgan.
Agar hammasi rejadagidek ketsa, ertaga, 7 avgust kuni Dembele Parij grandi futbolchisiga aylanadi.
Avvalroq, Liga 1 chempioni Usmonning transferi uchun 50 million evro to'lashi xabar qilingandi. Dembele klub bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
O'tgan mavsumda vinger barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0