«PSJ» hujumchisi Neymarning «Barselona»ga o'tishi muvaffaqiyatsiz bo'lishi mumkin, bu haqda Mundo Deportivo jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, kelishuvga qarshi shaxs «ko'k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xavi Ernandes hisoblanadi. Mutaxassisning fikricha, braziliyalikning qaytishi jamoaning kiyinish xonasidagi yaxshi muhitni buzishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2017 yilning yozida «Barselona»dan «PSJ»ga o'tgan edi. Braziliyalik futbolchining frantsuz giganti bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi.