
Frank Kessie tez orada Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tadi.
Avvalroq, «Barselona» va «Al-Ahli» ivuarlik yarim himoyachining transferi borasida kelishib olgani ma'lum bo'lgandi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, tomonlar ertagayoq kelishuv haqida rasman e'lon qilishlari mumkin. Kataloniya klubi bundan 11-12 million evro ishlab oladi.
Futbolchi yangi klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi, uning maoshi mavsumiga 14 million evroni tashkil qiladi.
Frank o'tgan yozda «Milan»dan «Barsa»ga tekinga o'tgan edi.
Fikrlar 0