Xabarlarga ko'ra, «Barselona» yozda o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest uchun 10 million evro (8,7 million funt) miqdoridagi takliflarni qabul qilishga tayyor.

Amerikalik futbolchi 2020 yilda «Ayaks»dan katta umidlar bilan kelgandi, u «ko'k-anorranglilar» safiga 21 million evroga (18,2 million funt) o'tgan.

Dest o'tgan mavsumda «Milan»da ijarada o'ynadi, biroq faoliyatini qayta tiklay olmadi, 14 ta o'yinda gol ura olmadi va A Seriyaning atigi ikkita o'yinini asosiy tarkibda boshladi.

«Barselona»da o'ng qanot himoyasi zonasida imkoniyatlar sezilarli darajada kam, Serxi Robertoning jismoniy holati bilan bog'liq muammolar tufayli Xavi ko'pincha Ronald Arauxo yoki Jyul Kundeni maydonning o'sha qismiga joylashtirishga majbur bo'ldi.