Argentina terma jamoasi va «Barselona»ning sobiq himoyachisi Xaver Maskerano hujumchi Lionel Messining «Inter Mayami»dagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Qatardagi jahon chempionatida g'alaba qozonganidan so'ng Leo dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini ko'rsatdi.

Messi men ko'rgan eng yaxshi futbolchi. U Mayamida baxtli, u erda nafaqat o'yin tomonlama xursand, balki oilasi bilan ham xotirjam hayot kechiradi», - deya Xaverning so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.

Messi shu yozda «Inter Mayami»ga tekinga o'tdi. 36 yoshli argentinalik futbolchi Florida klubi bilan 2025 yil oxirigacha shartnoma imzoladi. U jamoa uchun to'rtta o'yinda ettita gol urdi.