Ma'lumotlarga ko'ra, Neymar PSJ prezidenti Nosir Al Helayfiga yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar klubni tark etmoqchi ekanligini aytgan. Braziliyalik "Barselona"ga qaytmoqchi.

PSJ mavsumoldi turnedan Parijga qaytganidan so'ng Neymar oilasi va agent Pini Zaxavi bilan klubni tark etishga qaror qilgan.

Forvard may oyida uning uyi oldida PSJ muxlislari uyushtirga norozilik aktsiyasidan shokka tushgan. Neymar Fratsiyada o'zini himoyalangandek his qilmayapti.