Neymar Evropada klub topishga harakat qildi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

The Independent nashri xabariga ko'ra, "PSJ" forvardi har bir yirik jamoaga murojaat qilgan va uni ijaraga olishga faqatgina "Barselona" qiziqish bildirgan, ammo buning uchun jamoa bilan bir qator muammolarni hal qilishlari kerak edi.

"Manchester Yunayted", "Bavariya", "Real", "Chelsi" va "Manchester Siti" braziliyalik futbolchini sotib olish imkoniyatidan bosh tortdi, asosan xarajatlar tufayli.

Yakunda Neymar "Al Hilol"ga o'tishga rozi bo'ldi.

Xabar qilinishicha, hujumchi yiliga 150 million evro oladi - bu "PSJ"dagi maoshidan olti baravar ko'p.