«Barselona» bosh murabbiyi Xavi jamoaning tig'iz taqvimi haqida gapirdi.

«Men Gvardiolaning qiyin taqvim haqida qayg'urayotganini ko'rdim va uni to'liq qo'llab-quvvatlayman.

Endi hech kim futbolchilar haqida o'ylamaydi, biznes birinchi o'rinda turadi. Ammo o'yinchilar charchaganida, bu shou uchun yomon bo'ladi», - dedi Xavi.

Ispaniya chempionatining yangi mavsumining birinchi turida «Barselona» safarda «Xetafe»ni mag'lub eta olmadi (0:0). Ertaga, 20 avgust kuni Xavi shogirdlari La Liganing 2-turi doirasida «Kadis»ni qabul qilishadi.