"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Xetafe"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgani uchun diskvalifikatsiyasi haqida gapirdi. Mutaxassis ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.

“Men bu jazoga rioya qilishim kerak. Men keraksiz gaplarni ko'paytirmaslik uchun diskvalifikatsiyani muhokama qilishni xohlamayman. Mag'lubiyatlar va boshqa muvaffaqiyatsizliklar 24 soat davomida miyamda qoladi. Mening g'azabim allaqachon o'tdi, men jazoni qabul qilaman. Sizni ishontirib aytamanki, bu boshqa takrorlanmaydi. Men his-tuyg'ularimni jilovlab turaman", - deydi murabbiy.

"Barselona" La Liganing 2-turida "Kadis"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 20 avgust kuni bo'lib o'tadi.