
Hujumkor yarim himoyachi Filippe Koutino yozgi transfer oynasi yopilguncha Qatarga ko'chib o'tishi mumkin.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, yozgi transfer kampaniyasining so'nggi kunlarida Qatar klublari 31 yoshli Koutinoni qo'lga kiritish uchun faol ish olib borishadi.
Qayd etilishicha, Koutinoga Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq qatarliklar bu borada favorit hisoblanadi.
Agar yaxshi taklif tushsa, Koutinoning «Aston Villa»dan ketishi uchun yaxshi imkoniyat bor.
Qo'shimcha qilamizki, nufuzli transfermarkt portali Filippe Koutinoni 10 million evroga baholamoqda.
Fikrlar 0