«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoaning yosh va umidli o'yinchisi Lamin Yamal haqida gapirdi.

«Men uni barcha bahslarga tayyor ko'rmoqdaman, u o'z yoshi uchun juda etuk o'ynamoqda. Uning gol ura olmaganining yagona sababi - Ledesma mavsumdagi eng yaxshi o'yinini o'tkazdi.

Biz uni asrashimiz kerak, lekin Yamalning iste'dodiga gap-so'z bo'lishi mumkin emas, u endigina 16 yoshda», – dedi Xavi.