Xavi «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskining golsiz seriyasi haqida gapirdi.

Kecha «Barselona» La Liganing 2-tur uchrashuvida «Kadis»ni mag'lub etdi (2:0), ammo Levandovski unda gol ura olmadi.

U to'rtta o'yindan beri Kataloniya klubida o'zini ko'rsata olmadi» - uning klubdagi eng yomon seriyasi takrorlandi.

«Levandovski bugun ikki-uchta aniq vaziyatga ega bo'ldi. U gol uradi. U ko'proq sabrli bo'lishi kerak.

Levandovski kerakli joyda paydo bo'ladi, u buni xohlaydi. Unga barcha hujumchilar kabi faqat gol kerak», - dedi Xavi.