Gollandiya klubi 22 yoshli futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Shuningdek, PSVda himoyachini sotib olish huquqi ham bo'ladi. O'z navbatida, "Barselona" esa futbolchining keyingi transferidan ma'lum foiziga egalik qilish bo'yicha band kiritadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ijara muddati davomida Destning taxminan yarmini "Barselona" to'lab boradi.

O'tgan mavsumda Dest "Milan" sharafini himoya qildi va A Seriyaning 8 o'yinida maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshirmadi.