
"Barselona" klubi markaziy himoyachisi Kleman Langleni yana ijaraga qo'yib yuborishga tayyor. Sport.es nashri xabariga ko'ra, jamoa frantsiyalik futbolchini Londonning "Tottenxem"iga qaytarishga qarshi emas.
"Barselona" "shporlar" Klemanning doimiy transferini ta'minlash uchun kerakli miqdorda tovon puli to'lamasligini tushunadi. Langlening o'zi faqat "Tottenxem"ga o'tishni istayotganini inobatga olsak, "Barselona" hech bo'lmaganda maoshidan tejash maqsadida frantsiyalik futbolchini qo'yib yuborishga majbur.
Saudiya Arabistoni jamoasi "Barselona"ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor bo'lsa ham, oldinroq Langle "An-Nasr"ga o'tishdan bosh tortgan edi.
Fikrlar 0