
Hujumchi Ansu Fati Angliya Premer-ligasi klublaridan takliflar bor. Biroq, 20 yoshli futbolchi "Barselona"da qolib, o'z klubida muvaffaqiyat qozonishga harakat qilmoqchi.
Jurnalist Helena Kondisning so'zlariga ko'ra, Fati chinakam ta'sirli taklif tushsagina Premer-liga klubiga o'tishi mumkin. Aks holda u "Barselona"da o'ynashda davom etadi.
Transfermarkt portali ekspertlari Ansu Fatini 35 million evroga baholamoqda. La Liganing yangi mavsumidagi ikkita o'yinda hujumchi futbol maydonida jami 33 daqiqa vaqt o'tkazdi.
Fikrlar 0