Senegal terma jamoasining sobiq futbolchisi Rikardo Fati hujumchi Usmon Dembelening "Barselona"dan "PSJ"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

“Dembele zamonaviy futboldagi eng buyuk frantsuz iqtidoridir. Men muvaffaqiyat hikoyalari yoki sovrinlar haqida emas, sof iste'dod haqida gapiryapman. Zidan, Ben Arfa, Riberi haqida gapirib berishingiz mumkin, lekin menimcha, Usmon kuchliroq.

U menga Ronaldo yoki Ronaldino o'yinlarini ko'rganimda qanday his-tuyg'ularni his qilgan bo'lsam, xuddi shunday his-tuyg'ularni beradi", - deydi Fati.