16 yoshli Lamin Yamal «Barselona» - «Vilyarreal» uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Barselona» La Liga 3-turida «Vilyarreal»ni 4:3 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb 16 yoshli kataloniyalik yarim himoyachi Lamin Yamal topildi.

Yamal Gavi uchun golli uzatmani amalga oshirdi va 76-daqiqada Ansu Fati tomonidan almashtirildi.