"Barselona" prezidenti Joan Laporta transfer oynasi yopilishidan oldin yangi transferlarga ruxsat berdi.

"Transferlar masalasi hali yopilmagan, bu haqda Dekudan so'rang. Biz yanada ko'proq o'yinchilarni jalb qilish uchun moliyaviy feyr-pleyga rioya qilishni ta'minlashga harakat qilamiz", - dedi Laporta AS bilan suhbatda.

Yarim himoyachilar Ilkay Gyundogan va Oriol Romeu yozda "ko'k-anorranglilar" safiga ko'chib o'tishdi.

Kataloniyaliklar transfer oynasi yopilguniga qadar "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanseluni o'z safiga qo'shib olishi kutilmoqda. Gap sotib olish majburiyati bilan ijaraga olinishi haqida ketmoqda.