"Barselona" prezidenti Joan Laporta oyna yopilishidan oldin yangi transferlar ro'y berishi mumkinligini aytdi.

"Transferlar masalasi hali yopilmagan, bu haqda Dekudan so'rang. Biz yanada ko'proq o'yinchilarni jalb qilish uchun moliyaviy feyr-pleyga rioya qilishni ta'minlashga harakat qilamiz", – dedi prezident.

Yarim himoyachilar Ilkay Gyundogan va Oriol Romeu yozda "ko'k-anorranglilar" safiga qo'shildi.

Kataloniyaliklar transfer oynasi yopilguniga qadar "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanseluni qo'lga kiritishi kutilmoqda. Gap sotib olish majburiyati bor o'yinchining ijarasi haqida ketmoqda.