"Barselona" Kleman Langleni tekinga qo'yib yuborishga tayyor.

Diario Sport xabariga ko'ra, Kataloniya klubi himoyachiga shartnomani bekor qilishni taklif qilgan, biroq futbolchi rad javobini bergan. U joriy mavsumda kechiktirilgan to'lovlar evaziga katta miqdorda - 12 milliondan 16 million evrogacha daromad olmoqchi.

"Barsa" o'z maoshlarini tushirmoqchi, shuning uchun ular Langle bilan shartnomani bekor qilib, tekinga qo'yib yuborishga tayyor edilar. So'nggi soatlarda kataloniyaliklar bilan "Lion" aloqaga chiqdi Frantsiya klubi 28 yoshli himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi.