Hujumchi Robert Levandovski jamoasining hujum chizig'idan norozi.

«So'nggi o'yinlarda menda ko'p imkoniyatlar bo'lmadi, shuning uchun ularni o'zim yaratishim kerak edi.

Bizda hujumkor futbolchilar etishmayapti. Ferran [Torres] yoki Ansu [Fati] maydonda bo'lgandagina biz ko'proq imkoniyatlar yaratamiz», dedi Levandovski.

Ispaniya chempionatining so'nggi uchta o'yinida Robert Levandovski bitta gol urdi va sherigiga bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Ayni damda kataloniyaliklar hisobida 7 ochko bor.