
"Barselona" qanot hujumchisi Abde Ezzalzuli "Betis" qiziqishlar doirasiga tushib qolgan.
AS xabariga ko'ra, “Betis” “Barselona”ga Abdening 50 foiz transfer huquqlari uchun 10 million evro atrofida taklif qilmoqda. Kelajakdagi sotuvdan 50 foizini kataloniyaliklar oladi.
"Barsa" esa Abde uchun 20-30 million evro talab qilmoqda. Muzokaralar davom etmoqda.
Fikrlar 0