"Barselona" himoyachisi Kleman Langle "Aston Villa"ga o'tdi.

Premer-liga klubi 28 yoshli frantsiyalik futbolchini sotib olish huquqisiz mavsum uchun ijaraga berdi.

Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Aston Villa" Kleman maoshining 75 foizini to'laydi.

Langle o'tgan mavsumni "Tottenxem"da o'tkazdi. U Premer-liganing 26 uchrashuvida 2 ta golli pas berdi va 4 ta sariq kartochka oldi.