Kataloniyaning "Barselona"si kelajakda "Betis"ga o'tgan vinger Abde Ezzalzulini o'z safiga qaytarishi mumkin. Jurnalist Adria Albetsning so'zlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilap" kelishuvga 20 million evroga sotib olish variantini kiritgan.

Eslatib o'tamiz, "Betis" Ezzalzuli transferi uchun 7,5 million evro to'lagan. Kelajakda Manuel Pellegrini shogirdlari futbolchini "Barselona"ga bu summadan ikki baravar ko'proqqa sotishi mumkin.

21 yoshli Ezzalzuli o'tgan mavsumda "Osasuna"da ijara asosida o'ynagan. Abdega "Barselona"da o'ynash amaliyoti kafolatlanmagan, shuning uchun futbolchi klubni tark etgan.