Kataloniyaning "Barselona" jamoasi La Liga 4-turida "Osasuna"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

O'yinda kataloniyaliklar safida Jyul Kunde va Robert Levandovski to'p kiritdi. Bu gollar orqali "ko'k-anorranglilar" La Liga tarixida eng ko'p gol urgan jamoaga aylandi - 6406 ta gol.

Ikkinchi o'rinda "Real" bormoqda - 6404 ta gol.