"Barselona"ning 16 yoshli futbolchisi Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi. U milliy jamoadagi qaysi futbolchini kuzatib borishini aytdi.

"Ispaniya terma jamoasidagi futbolchilar? Barcha o'yinchilar ajoyib, ular juda ham zo'r, lekin Asensio terma jamoada o'ynay boshlaganidan beri u menga ko'proq yoqdi.

— Endi siz u bilan o'ynaysiz, bu haqda unga aytmoqchimisiz?

— Yo'q, yo'q, uyalaman", - dedi Yamal.