
France Football nashri 2023 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun nomzodlarni e'lon qildi. Mukofot buyuk frantsuz Raymond Kop nomi bilan atalgan.
Bu yilgi sovrindorlar: Jude Bellingem, Eduardo Kamavinga (ikkalasi "Real Madrid"), Gavi, Pedri, Alexandro Balde (barchasi "Barselona"), Jamal Musiala ("Bavariya"), Ele Vai ("Lans"), Xavi Simons ("Leyptsig"), Rasmus Xyoylunn (" "Manchester Yunayted"), Antonio Silva ("Benfika").
G'olib 30 oktyabr kuni Parijda bo'lib o'tadigan yillik tantanali marosimda e'lon qilinadi. Mukofotning amaldagi sohibi - "Barselona" yarim himoyachisi Gavi.
Fikrlar 0