«France Football» nashri Lev Yashin nomidagi 2023 yilning eng yaxshi darvozaboni nominatsiyasi uchun da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatdan quyidagi posbonlar o'rin oldi: Tibo Kurtua («Real»);Yassin Bunu («Sevilya»);Mayk Menyan («Milan»);Mark-Andre ter Stegen («Barselona»);Ederson («Manchester Siti»);Andre Onana («Manchester Yunayted»);Aaron Remsdeyl («Arsenal»);Emiliano Martines («Aston Villa»);Dominik Livakovich («Fenerbaxche»); Bris Samba («Lans»).Eslatib o'tamiz, mazkur sovrinni o'tgan mavsumda Tibo Kurtua qo'lga kiritgandi. "Oltin to'p"ni topshirish marosimi 30 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.