Urugvaylik himoyachi Fabrisio Dias Qatarning "Al-Garafa" klubi futbolchisiga aylandi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Futbolchi Urugvayning "Liverpul" klubidan ko'chib o'tdi. Transfermarkt nashri xabariga ko'ra, transfer summasi 6,1 million evroni tashkil qilgan. Romanoning xabar berishicha, unga "Barselona" va "Brayton" qiziqish bildirgan.

20 yoshli futbolchi "Liverpul" safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uni 6 million evroga baholamoqda.