
«Jirona»da ijara asosida o'ynayotgan braziliyalik yarim himoyachi Savio Moreyra faoliyatini Ispaniyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
Todofichajes jurnalistlarining yozishicha, «Barselona» 19 yoshli janubiy amerikalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Qayd etish joizki, Savioning to'liq shartnomasi Frantsiyaning «Troya» klubiga tegishli. Mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Futbolchining transfer qiymati besh million evroga baholanmoqda.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Savio beshta o'yin o'tkazib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar 0