"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoasining Ispaniya chempionatida "Granada"ga qarshi bo'ladigan navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, Levandovski Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi "Portu"ga qarshi o'yinda kichik jarohat olgandi.

Levandovski joriy mavsum Ispaniya chempionatida 5 ta gol urdi.