Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, leverkuzenliklar 20 yoshli xavbek uchun katta summa so'rashadi. "Ko'k-anorranglilar" bunga asoslanib, o'z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun muqobil variantlar ustida ishlamoqda.

Tegishli nomzodlar orasida "Portu" va "Antverpen"da to'p tepayotgan yarim himoyachilar Alan Varela va Artur Vermeren bor.

Virts joriy mavsum "Bayer" tarkibida 10 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchining Leverkuzen klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Virtsni 85 million evroga baholamoqda.