Kataloniyaning "Barselona" klubi "Brayton" vingeri Kaoru Mitomaga qiziqish bildirmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, klub yaponiyalik futbolchini faol kuzatib borishmoqda.

Mitoma "Brayton" bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha hamon yiliga 500 ming evrodan kam maosh oladi. Top-klublar futbolchining holatidan xabardor va qishki mavsumda transferni yakunlashga tayyor.

Shu bilan birga, "Brayton" o'tgan mavsumda Angliya premer-ligasining asosiy kashfiyotlaridan biriga aylangan Mitoma bilan shartnomani uzaytirmoqchi.