"Barselona" Nacho Fernandesning diskvalifikatsiyasini qisqartirilishiga munosabat bildirdi.

Eslatib o'tamiz, "Real" himoyachini 3 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilish qarori ustidan apellyatsiya bergan, apellyatsiya qo'mitasi esa Madrid klubining iltimosini qanoatlantirgan – ispaniyalik futbolchining diskvalifikatsiyasi 2 o'yinga qisqartirilgandi. Shu tariqa, Nacho "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin bo'ladi.

AS nashri xabariga ko'ra, "Barselona" bu qarorni xotirjam qabul qilgan.

"Bunday vaziyatlar endi ajablanarli emas", - dedi Kataloniya klubi matbuot kotibi.

La Liganing 11-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Real" uchrashuvi 28 noyabr kuni bo'lib o'tadi.