Himoyachi Serxi Roberto Barselona kasalxonasiga yotqizildi. Kataloniya klubi matbuot xizmati futbolchining jarohati haqida gapirdi.

«Serxi Roberto o'ng oyog'ining tovon mushaklaridan jarohat olgan. Muammo bartaraf etilmaguncha u o'ynay olmaydi», — deyiladi «ko'k-anorranglilar» bayonotida.

Avvalroq, matbuotda Serxi Roberto o'zining so'nggi mavsumini «Barselona»da o'tkazayotgani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.