Portugaliyalik hujumchi Joau Feliks ijara muddati tugagach, «Barselona»da qolishi mumkin.

Bu haqda «ko'k-anorranglilar» prezidenti Joan Laporta gapirdi.

«Agar Joau shunday o'ynashda davom etsa, uni jamoada saqlab qolish uchun resurslar topishimiz kerak bo'ladi.

«Barselona»ning maqsadi - La Ligadagi oltin medal va Chempionlar Ligasidagi g'alaba. Deku Xavi bilan ajoyib munosabatda.

Men bosh murabbiyning ishidan juda mamnunman, u jamoani yaxshi boshqaradi», - dedi Laporta.