
Frantsiyaning "PSJ" klubi vingeri Usmon Dembele parijliklar jamoasidagi holatidan norozi va klubini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.
Dembelening Angliya premer-ligasida qiziqarli variantlari bor. Futbolchiga da'vogarlar orasida "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Nyukasl" va "Aston Villa" klublari bor.
26 yoshli frantsiyalik futbolchi o'tgan yozda “Barselona”dan “PSJ”ga o'tgan edi. Bitim summasi 50 million evroni tashkil etdi.
Liga 1'ning joriy mavsumida Usmon ettita o'yin o'tkazib, ikkita golga assistentlik qildi.
Fikrlar 0