Madridning «Real» klubi La Liga doirasida «Sevilya» bilan durang o'ynadi (1:1).

Karlo Anchelotti shogirdlari ushbu mavsum Ispaniya chempionatida ikkinchi bor ochko yo'qotishdi. 24 sentyabr kuni ular «Atletiko»ga yutqazgandi (1:3).

Keyingi turda «Real» 28 oktyabr kuni «Barselona»ga qarshi bahs olib boradi.