"Barselona" va Frantsiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jeremi Mate 39 yoshida futboldagi faoliyatini yakunladi.
Matening faoliyatidagi so'nggi klub "Luyne Sports" (Frantsiya birinchi mintaqaviy ligasi) bo'ldi.
Jeremi "Sporting" Lissabon, "Barselona", "Valensiya", "Tuluza" va "Sosho"dagi o'yinlari bilan tanilgan.
Mate "Barselona" a'zosi sifatida Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi, ikki marta La Liga va Ispaniya Kubogini yutdi. Frantsiya terma jamoasi safida 5 ta o'yin o'tkazdi.
Fikrlar 0