Donetskning "Shaxtyor" klubi yangi bosh murabbiy tayinlanganini e'lon qildi.

Donetsk jamoasini Marino Pushich boshqaradi. 52 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

2021 yildan buyon Pushich "Feyenoord"da murabbiy yordamchisi sifatida ishlab kelayotgandi. Bosniyalik mutaxassisi faoliyati davomida faqat bitta jamoani - 2018/19 yilgi mavsumda "Tvente"ni boshqargan.

Shuningdek, Pushich NAK, Bokuning "Inter" va AZ klublarida bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlagan.