Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes yarim himoyachi Ilkay Gyundoganning o'yiniga baho berdi.

“Gyundogan mavsumni ajoyib boshladi. Biz uning qanday moslashgani va u olib kelgan etakchilik fazilatlaridan mamnunmiz. Ilkay pauza qilishni biladi va bizga xotirjamlik beradi. U orqali kelgan har qanday hujumni yaxshiroq qiladi. Bunday o'yinchi shunchaki bebahodir", - dedi Xavi matbuot anjumanida.

Joriy mavsumda Gyundogan Ispaniya chempionatida 10ta o'yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.