"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Jamoalar 28 oktyabr kuni La Liganing 11-turida to'qnash kelishadi. 24 yoshli futbolchi bu sanagacha tizzasidan olgan jarohatidan forig' bo'lishga ulgurmaydi.

Kunde 8 oktyabr kuni "Granada"ga qarshi o'yinda (2:2) jarohat olgandi.

Frantsiyalik futbolchi La Liganing joriy mavsumida 9 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.