"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub prezidenti Florentino Peresning "El-Klasiko"ga kelmasligini aytdi.

- Florentinoning "Barselona"ga qarshi o'yinga kelmasligi haqidagi qarorini tushunyapsizmi?

- U keladimi yoki yo'qmi, bilmayman, agar kelmasa, bu klub foydasiga bo'ladi. Chunki prezident qabul qiladigan barcha qarorlar “Real” manfaati uchun. Kelajakda u nima qaror qilsa ham klubning foydasi uchun qiladi", - dedi Anchelotti AS bilan suhbatda.

"Barselona" - "Real Madrid" bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:15da boshlanadi.