Goal.com sayti «Barselona» va «Real»ning hozirgi eng yaxshi futbolchilaridan iborat jamoani tuzib chiqdi.

Uning tarkibiga Kataloniya klubidan 7 nafar va Madriddan 4 nafar futbolchi kiritilgan.

Darvozabon: Mark-Andre ter Shtegen («Barselona»)

Himoyachilar: Joau Kanselu («Barselona»), Ronald Arauxo («Barselona»), Antonio Ryudiger («Real»), Aleks Balde («Barselona»).

Yarim himoyachilar: Aurelien Tchuameni («Real»), Gavi («Barselona»), Jud Bellingem («Real»).

Qanotlar: Lamin Yamal (Barselona), Vinisius (Real Madrid)

Hujumchi: Robert Levandovski («Barselona»).