«Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo «el-klasiko»dagi hakamlik ishi haqida gapirdi.

«Men har doim g'alaba qozonishni xohlayman va mag'lub bo'lganimda juda g'azablanaman. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, men individual tarzda yaxshi o'yin o'tkazdim deb o'ylayman.

Hisob 1:0 bo'lganida Tchuameni jarima maydonchasi ichida menga qo'pollik ishlatdi, hakam penalti belgilashi kerak edi, lekin u videotakrorni ham ko'rmadi.

Biz 2:0 hisobida oldinda borishimiz mumkin edi, bu esa o'yinning borishini butunlay o'zgartirgan bo'lardi», dedi Arauxo o'yindan keyin ispan OAVga bergan intervyusida.