Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan «Real»ga qarshi so'nggi o'yin haqida gapirdi. «Ko'k-anorranglilar» o'z maydonida 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

«Men «Barselona»ga bunday o'yinlarda mag'lub bo'lish uchun kelmaganman. Kelajakda bunday holatlarning oldini olish uchun jamoa oldinga qadam tashlashi kerak.

Aks holda, «Real» va «Jirona»ga etib ololmaymiz», — deya germaniyalik futbolchining so'zlarini keltiradi AS.

Gyundogan yozgi transfer oynasida «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o'tgan edi.