
Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachisi Florian Virts mamnuniyat bilan kataloniyalik "Barselona"ga o'tadi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasida o'zaro manfaatdorlik bor, ammo transfer qiyin ko'rinadi, chunki "Bayer" kamida 100 million evro tovon puli talab qiladi.
Hozirda "Barselona" moliyaviy inqiroz sharoitida bunday pulni topishi deyarli mumkin emas.
Eslatib o'tamiz, Virts kelasi yozda katta ehtimol bilan "Bayer"ni tark etadi. Yosh yarim himoyachi xizmatlariga Myunxenning "Bavariya" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Virts bu mavsumda Bundesliganing 9 o'yinida ikkita gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0