A Seriya bosh direktori Luidji de Servo «Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino haqida gapirdi. Portugaliyalik mutaxassis avvalroq taqvimdan noligandi - uning jamoasi payshanba kungi Evropa ligasi o'yinidan so'ng yakshanba kuni «Inter»ga qarshi o'ynadi.

«Men Mourinoni futbol va «Roma» uchun qilayotgan ishlari sabab hurmat qilaman, ammo uning jadval haqidagi so'zlari bahonadek tuyuladi. «Barselona» Chempionlar ligasida o'ynadi va keyin shanba kuni soat 16:00 da «el-klasiko»da maydonga tushdi.

Katta o'yinlar pik vaqtlarda o'tkazilishi kerak», - dedi De Servo.