
Ilkay Gyundogan «Barselona» rahbariyati unga etarlicha sharoit yaratib bermaganidan norozi bo'ldi.
Gyundogan shu yozda «Manchester Siti» bilan shartnomasini tugatgandan so'ng «Barselona»ga ko'chib o'tgandi.
Diario Sport xabariga ko'ra, ushbu transferdan so'ng Gyundogan «Barselona» unga va uning oilasiga etarlicha yordam bermayotganini his qilgan. Yarim himoyachi uy-joy va moddiy-texnik ta'minotni topishda klubdan yordam umid qilgan.
Xabar qilinishicha, Gyundogan transferdan bir necha kun o'tib klubga shikoyat qilgan. «Barselona» futbolchi va uning oilasidan uzr so'radi.
Fikrlar 0