«Feyenoord» hujumchisi Santyago Ximenes «Barselona»ning nishoniga aylandi.

Meksikalik o'zining ketma-ket ikkinchi mavsumini Gollandiyada o'tkazmoqda va Evropaning etakchi ligalarining ko'plab gigantlari allaqachon uni o'z saflariga jalb qilmoqchi.

Sport xabariga ko'ra, «Barselona» ham bundan chetda qolib ketmadi: Kataloniya klubi Ximenesni diqqat bilan kuzatib bormoqda va kelasi yozda uni sotib olish haqida jiddiy o'ylab ko'rishi mumkin.

22 yoshli futbolchiga «Arsenal», «Chelsi», «Tottenxem» va «Real» klublari ham qiziqish bildirishgan.